USDT mulk huquqlarini saqlash shartnomasi

"MONETON" mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan buyon «Muhofiz» deb yuritiladi, bir tomondan, va ushbu shartnonami qabul qilgan (aktseptlagan) har qanday shaxs, bundan buyon «Mulkdor» deb yuritiladi, boshqa tarafdan, ikkisi birgalikda «Tomonlar» deb yuritiladi, USDT tokenlarining (tether.to1 tarmog’ining shartlariga muvofik hisob o'chov birlklari) saqlash shartnomasini tuzdilar, bundan buyon «Shartnoma» deb yuritiladi.

1. Shartnoma predmeti

  1. Muhofiz ushbu Shartnomada belgilangan shartlar asosida, Mulkdor tomonidan o’tkazib berilayotgan tokenlarni, bundan buyon «USDT tokenlari» yoki «USDT» deb yuritiladi, ma’lum mukofot evaziga qabul qilib olish, saqlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi, global va ommaviy malumotlar bazalarida hisobga olinuvchi, bundan buyon «blokcheyn» deyiladi, quyidagi tokenlar (mos blokcheynlarda nashr qilingan kotraktlar asosidagi hisob birliklari):
    - 0xdac17f958d2ee523a2206206994597c13d831ec722 Ethereum3 blokcheyn;
    - 0x9702230a8ea53601f5cd2dc00fdbc13d4df4a8c744 Avalanche5 blokcheyn;
    - 0x55d398326f99059ff775485246999027b319795566 Binance Smart Chain7, BSC deb yuritiladi, blokcheyn;
    - TR7NHqjeKQxGTCi8q8ZY4pL8otSzgjLj6t88 TRON9 blokcheyn.
    Saqlash maqsadida berilgan tokenlar kontrakt va blokcheynlaridan qat’iy nazar o'zaro almashtirilishi mumkin deb hisoblanadi.
  2. Muhofiz WebMoney Transfer avtomatik hisobga olish tizimi vositasida, bundan buyon «Tizim» deb yuritiladi, Mulkdorning saqlash uchun bergan mulk huquqlarini hisobga olishni amalga oshiradi. Mulkdorga tegishli bo’lgan, USDT miqdorini hisobga oluvchi (T-turdagi hamyon deb ataladigan) hisob raqamlaridagi yozuvlar (raqamli ko’rinishida), saqlovda bo’lgan miqdoriy huquqni tasdiqlaydi. Hamyonlardagi hisob birligi 1 USDT (1 WMT deb belgilanadi).
  3. Mulkdorni USDT mulkiy huquqlarni bitta hisobdan (rekvizitdan) ikkinchi hisobga o’tkazib berish va qabul qilib olish, Muhofiz tarafidan WebMoney Transfer tizimining dasturiy-apparat majmui vositasida amalga oshirilib, oldi-berdi aktlarini ro’yhatga olish orqali, T turidagi hamyonlarga tegishli tranzaktsiyalar haqidagi yozuvlarni Taraflar haqqonniy deb tan oladilar.
  4. Mulkdor o’ziga tegishli bo’lgan USDT mulkiy huquqlarini (uning T turdagi hamyonlarida hisobga olingan), boshqa tizim foydalanuvchilari bo’lgan Mulkdorlarga, Tizimning hisob-kitob vositalarini ishaltgan holda, qisman yoki to’laligicha o’tkazishi mumkin.
  5. Bir Mulkdorning USDT lari, boshqa Mulkdorlarning USDT lari bilan birgalikda, Muhofiz rekvizitlarida Ethereum.org, Tron.network, Avalanche и BSC tarmog’larining global ommaviy ma’lumotlar bazasidagi yozuvlar ko’rinishida saqlanadi.
  6. Ushbu shartnoma, Mulkdorning USDT mulkiy huquqlarini qaytarib olish talabiga qadar saqlash sharti bilan tuziladi.

2. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

  1. Muhofiz quyidagilarga amal qilishi shart:
    1. Shartnomada ko’zda tutilgan shartlarga muvofiq, USDT mulk huquqlarining xavfsizligini ta’minlash.
    2. Mulkdorning talabiga binoan, ushbu talab bildirilgan vaqtda, Mulkdorning hisob raqamlarida tasdiqlangan hajmdagi USDT larni qaytarib berish.
    3. Saqlash uchun berilgan USDT mulkiy huquqlaridan Mulkdor roziligisiz foydalanmasligi.
    4. Shartnomada nazarda tutilgan USDT mulkiy huquqlarini saqlash shartlarini o’zgartirish zarurligi to’g’risida Mulkdorni darhol xabardor qilishi. Shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlarni Tizim web saytida nashr qilingan 5 (besh) kalendar kundan boshlab, Mulkdor tarafidan qabul qilindi deb hisoblanadi, 6.1-bandiga kiritilgan o’zgartirishlar, bundan mustasno bo’lib Tizim web saytida joylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
  2. Muhofiz quyidagi huquqlarga ega:
    1. Mulkdor aniq identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni (rekvisitlarni) ishonchsiz va to’la emas holda taqdim etsa, shu bilan birga Shartnomani 2.3.2, 6.1, 6.2-bandlarini buzsa, Tizimga tegishli bo’lgan kodeks, tizim siyosatini belgilovchi hujjalar, koidalar va boshqa hujjatlar shartlarini buzgan holda, Muhofiz ushbu shartnomani bir taraflama ravishda bekor qilish huquqiga ega. Shartnoma yuqoridagi sabablarga ko’ra bekor qilingan taqdirda, Muhofiz WebMoney Transfer tizimining proseduralari visitasida, Mulkdorga, u tomonidan ko’rsatgan hisob raqamlarga (rekvizitlarda), saqlash uchun berilgan mulklarni qaytarish majburiyatini oladi.
    2. Shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qila oladi.
    3. Agar, Muhofiz rekvizitlariga USDT o’tkazish operatsiyasi noqonuniy daromadlarni legallashtirish, noqoniniy savdo va firibgarlik faoliyatini amalga oshirish yuqori xavfi bor deb hisoblasa, USDT mulk huquqlarini qabul qilmaslik huquqiga ega. Muhofiz tarafidan ushbu belgilar aniqlasa, qabul qilib olingan USDT mulk huquqilari o’tkazmada qayd etilgan jo’natuvchi rekvizitlariga qaytariladi.
  3. Mulkdor quyidagilarga amal qilishi shart:
    1. Mulkdor ushbu Shartnomani tuzishda, o’z ma’lumotlarini va rekvizitlarini, aniq va to’la tarzda, uni aniqlash (identifikatsiya qilish) imkonini beradigan qilib ko’rsatishi lozim.
    2. Mulkdor doimiy yashash joyini oʻzgartirgan taqdirda, agar ushbu davlat Shartnomaning 6.1-bandida koʻrsatilgan davlatlar roʻyxatida boʻlsa, Muhofizni oldindan xabardor qilishi va ushbu shartnomani bekor qilishi shart.
  4. Mulkdor quyidagi huquqlarga ega:
    1. Mulkdor o’zining USDT mulkiy huquqlarini o’z xohishiga binoan tasarruf etishi, shu jumladan, uni uchinchi shaxslarga o’tkazishi va sotish huquqiga ega.

3. Tomonlarning javobgarligi

  1. Muhofiz, ushbu shartnoma asosida, unga saqlash maqsadida topshirilgan USDT mulkiy huquqlari uchun t’ola javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Fors-major holati yoki Ethereum, Tron.network, Avalanche yoki BSC tarmoq’larining faoliyati yakunlanishi bilan bo’gliq mulkiy huquqlarni yo’qotilishi, kamomati yoki boshqa shikast yetishi bundan mustasno
  2. Mulkdor, yakka tartibda, istiqomat qilayotgan (vaqtincha tashrif buyurgan) mamlakatni qonunchiligiga rioya qilish, unga tegishli USDT mulkiy huquqlaridan qonuniy foydalanish, shu jumladan 2.3.2, 6.1, 6.2-bandlarning talablarini bajarmasligi oqibatida kelib chiqadigan ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikni, uning hamyoni ishlatilishi oqibatida va WebMoney Transfer tizimining to’lov vositalaridan foydalanishi oqibatida sodir qilingan noqonuniy xatti-harakatlar uchun to’la javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

4. Saqlovdan qaytarish

  1. USDT mulkiy huquqlarini Mulkdorga qaytarish, Mulkdor tarafidan taqdim qilingan Ethereum, Tron.network, Avalanche yoki BSC tarmog’ining adreslariga Muhofizning ushbu tarmog’lardagi adreslaridan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. USDTni saqlovdan qaytarish Muhofizning dasturiy ta’minoti tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Saqlovdan qaytarishni amalga oshirish vaqti global va ommaviy tarmoqlarning funktsional (ishlash) hususiyatlariga bog’loq. Mulkdor tomonidan ko’rsatilgan adresga qaytarish amalga oshirilgandan so’ng, Muhofiz WebMoney Transfer tizimi orqali Ethereum, Tron.network, Avalanche yoki BSC tarmoqlaridagi operatsiyasining identifikatorini Mulkdorga ma’lum qiladi.

5. To’lovlarni amalga oshirish tartibi

  1. Mulkdor USDT mulkiy huquqlarini saqlash xizmatlaridan foydalangani uchun, Muhofizga, Tizimdagi Mulkdorning rekvizitlaridan uchinchi shaxslar rekvizitlariga o’tkazilayotgan USDT mulkiy huquqlarining summasidan 0,8 (o’ndan sakkiz) % miqdorida, shu bilan birga, WMT hisob birligining yuzdan bir qismidan (0,01 WMT) kam bo’lmagan va ellik hisob birligidan (50 WMT) ko’p bo’lmagan komissiyani to’laydi. Ushbu komissiya tarkibida, Muhofiz Shartnomani bajarish uchun qilgan barcha xarajatlari mavjud.
  2. Mulkdorning USDT mulkiy huquqlarini uchinchi shaxsga o’tkazish paytida Muhofizning mukofot to’lovi Mulkdordan kelishilgan USDT mulkiy huquqlari miqdorida, tortishuvsiz tarzda, Muhofiz tarafidan undiriladi.

6. Qo’shimcha shartlar

  1. Shartnoma, quyidagi ro’yhatda ko’rsatilgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi (vaqtincha tashrif buyurgan) Mulkdorlar bilan tuzilmaydi: Suriya, Iroq, Afg’oniston, Bangladesh, Boliviya, Ekvador, Makedoniya Respublikasi, Saudiya Arabistoni. Ta’qiqlangan davlatlar va shaxslar ro’yxati, Muhofiz tarafidan istalgan vaqtda, bir tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin.
  2. Agar, Mulkdor Shartnomaning 6.1-bandida ko’rsatilgan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan (vaqtincha tashrif buyurgan) bo’lsa, ushbu Shartnoma bo’yicha xizmatlar ko’rsatilmaydi va USDT o’tkazish bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilmaydi, USDT mulkiy huquqlarini Muhofizdan bevosita olish bilan bog’liq operatsiyalar bundan mustasno.
  3. Internet tarmog’idagi Tizim serverlarida joylashtirilgan shartnoma kelishilgan shartlarga asosan qabul qilingandan so’ng, ushbu Shartnoma elektron shaklda tuzilgan deb hisoblanadi va Tizim USDT mulkiy huquqlarini saqlash uchun qabul qilib olganini tasdiqlagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
  4. Mulkdor tashabbusi bilan, o’ziga tegishli T turidagi Hamyonini o’chirib tashlagan paytdan boshlab, ushbu Shartnoma o’z kuchini yo’qotdi deb hisoblanadi va tugatiladi. Yuqoridagi Hamyonda nolga teng bo’lmagan qoldiq bo’lsa, Shartnomani bekor qilinish imkoniyati yo’q.
  5. Tomonlar, WebMoney Transfer tizimi (vositalari) yordamida tuzilgan elektron shakldagi hujjatlarni (saqlash shartnomasi, topshirish va qabul qilish aktlari, oldi-sotdi shartnomalari, to’lov talabnomalari, hisob raqam qaydnomalari) huquqiy jihatdan oddiy yozma (bosma) shaklidagi hujjatlarga teng (ekvivalent) deb tan oladilar.
  6. Mulkdor identifikatsiya vositalarini, uning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni, rekvizitlarni, Shartnomani imzolangan nusxalarini taqdim etganidan so’ng, Muhofiz, Mulkdor talabiga binoan u bilan qo’gozda, yozma shakldadi Sharntomani tuzishga majbur.

ООО "Moneton"

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli, 32A

1 https://tether.to/en/legal

2 https://etherscan.io/token/0xdac17f958d2ee523a2206206994597c13d831ec7

3 https://ethereum.org

4 https://snowtrace.io/token/0x9702230a8ea53601f5cd2dc00fdbc13d4df4a8c7

5 https://www.avax.network

6 https://bscscan.com/address/0x55d398326f99059ff775485246999027b3197955

7 https://academy.binance.com/en/articles/an-introduction-to-binance-smart-chain-bsc

8 https://tronscan.org/#/contract/TR7NHqjeKQxGTCi8q8ZY4pL8otSzgjLj6t/code

9 https://tron.network