ETH mulk huquqlarini saqlash shartnomasi

"MONETON" mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan buyon «Muhofiz» deb yuritiladi, bir tomondan, va ushbu shartnonami qabul qilgan (aktseptlagan) har qanday shaxs, bundan buyon «Mulkdor» deb yuritiladi, boshqa tarafdan, ikkisi birgalikda «Tomonlar» deb yuritiladi, ethereum.org ommaviy va global tarmog’ining ma’lumolar bazasida yozuvlarni nashr qilishga bo’gliq bo’lgan mulk huquqlarini saqlash shartnomasini tuzdilar, bundan buyon «Shartnoma» deb yuritiladi.

1. Shartnoma predmeti

  1. Muhofiz ushbu Shartnomada belgilangan shartlar asosida, Mulkdor tomonidan o’tkazib berilayotgan mulk huquqlarini, bundan buyon «ETH mulk huquqlari» yoki «ETH» deb yuritiladi, ma’lum mukofot evaziga, qabul qilib olish, saqlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
  2. Muhofiz WebMoney Transfer avtomatik hisobga olish tizimi vositasida, bundan buyon «Tizim» deb yuritiladi, Mulkdorning saqlash uchun bergan mulk huquqlarini hisobga olishni amalga oshiradi. Mulkdorga tegishli bo’lgan, ETH miqdorini hisobga oluvchi (F-turdagi hamyon deb ataladigan) hisob raqamlaridagi yozuvlar (raqamli ko’rinishida), ethereum.org ommaviy va global tarmog’ining ma’lumolar bazasiga kiritilgan, usbu https://ethereum.org/ru/whitepaper/ sahifasida nashr etilgan qoidalarga muvofiq, saqlovda bo’lgan miqdoriy huquqni tasdiqlaydi. Hamyonlardagi hisob birligi 0,001 ETH (1 WMF deb belgilanadi), ethereum.org ommaviy va global tarmog’ining ma’lumotlar bazasiga 100 000 ta yozuv kiritish huquqini beradi.
  3. Mulkdorni ETH mulkiy huquqlarni bitta hisobdan (rekvizitdan) ikkinchi hisobga o’tkazib berish va qabul qilib olish, Muhofiz tarafidan WebMoney Transfer tizimining dasturiy-apparat majmui vositasida amalga oshirilib, oldi-berdi aktlarini ro’yhatga olish orqali, F turidagi hamyonlarga tegishli tranzaktsiyalar haqidagi yozuvlarni Taraflar haqqonniy deb tan oladilar.
  4. Mulkdor o’ziga tegishli bo’lgan ETH mulkiy huquqlarini (uning F turdagi hamyonlarida hisobga olingan), boshqa tizim foydalanuvchilari bo’lgan Mulkdorlarga, Tizimning hisob-kitob vositalarini ishaltgan holda, qisman yoki to’laligicha o’tkazishi mumkin.
  5. Bir Mulkdorning ETH lari, boshqa Mulkdorlarning ETH lari bilan birgalikda, Muhofiz rekvizitlarida ethereum.org tarmog’ining global ommaviy ma’lumotlar bazasidagi yozuvlar ko’rinishida saqlanadi.
  6. Ushbu shartnoma, Mulkdorning ETH mulkiy huquqlarini qaytarib olish talabiga qadar saqlash sharti bilan tuziladi.

2. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

  1. Muhofiz quyidagilarga amal qilishi shart:
    1. Shartnomada ko’zda tutilgan shartlarga muvofiq, ETH mulk huquqlarining xavfsizligini ta’minlash.
    2. Mulkdorning talabiga binoan, ushbu talab bildirilgan vaqtda, Mulkdorning hisob raqamlarida tasdiqlangan hajmdagi ETH larni qaytarib berish.
    3. Saqlash uchun berilgan ETH mulkiy huquqlaridan Mulkdor roziligisiz foydalanmasligi.
    4. Shartnomada nazarda tutilgan ETH mulkiy huquqlarini saqlash shartlarini o’zgartirish zarurligi to’g’risida Mulkdorni darhol xabardor qilishi. Shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlarni Tizim web saytida nashr qilingan 5 (besh) kalendar kundan boshlab, Mulkdor tarafidan qabul qilindi deb hisoblanadi, 6.1-bandiga kiritilgan o’zgartirishlar, bundan mustasno bo’lib Tizim web saytida joylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
  2. Muhofiz quyidagi huquqlarga ega:
    1. Mulkdor aniq identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni (rekvisitlarni) ishonchsiz va to’la emas holda taqdim etsa, shu bilan birga Shartnomani 2.3.2, 6.1, 6.2-bandlarini buzsa, Tizimga tegishli bo’lgan kodeks, tizim siyosatini belgilovchi hujjalar, koidalar va boshqa hujjatlar shartlarini buzgan holda, Muhofiz ushbu shartnomani bir taraflama ravishda bekor qilish huquqiga ega. Shartnoma yuqoridagi sabablarga ko’ra bekor qilingan taqdirda, Muhofiz WebMoney Transfer tizimining proseduralari visitasida, Mulkdorga, u tomonidan ko’rsatgan hisob raqamlarga (rekvizitlarda), saqlash uchun berilgan mulklarni qaytarish majburiyatini oladi.
    2. Shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qila oladi.
    3. Agar, Muhofiz rekvizitlariga ETH o’tkazish operatsiyasi noqonuniy daromadlarni legallashtirish, noqoniniy savdo va firibgarlik faoliyatini amalga oshirish yuqori xavfi bor deb hisoblasa, ETH mulk huquqlarini qabul qilmaslik huquqiga ega. Muhofiz tarafidan ushbu belgilar aniqlasa, qabul qilib olingan ETH mulk huquqilari o’tkazmada qayd etilgan jo’natuvchi rekvizitlariga qaytariladi.
  3. Mulkdor quyidagilarga amal qilishi shart:
    1. Mulkdor ushbu Shartnomani tuzishda, o’z ma’lumotlarini va rekvizitlarini, aniq va to’la tarzda, uni aniqlash (identifikatsiya qilish) imkonini beradigan qilib ko’rsatishi lozim.
    2. Mulkdor doimiy yashash joyini oʻzgartirgan taqdirda, agar ushbu davlat Shartnomaning 6.1-bandida koʻrsatilgan davlatlar roʻyxatida boʻlsa, Muhofizni oldindan xabardor qilishi va ushbu shartnomani bekor qilishi shart.
  4. Mulkdor quyidagi huquqlarga ega:
    1. Mulkdor o’zining ETH mulkiy huquqlarini o’z xohishiga binoan tasarruf etishi, shu jumladan, uni uchinchi shaxslarga o’tkazishi va sotish huquqiga ega.

3. Tomonlarning javobgarligi

  1. Muhofiz, ushbu shartnoma asosida, unga saqlash maqsadida topshirilgan ETH mulkiy huquqlari uchun t’ola javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Fors-major holati yoki ethereum.org tarmoq’ining faoliyati yakunlanishi bilan bo’gliq mulkiy huquqlarni yo’qotilishi, kamomati yoki boshqa shikast etishi bundan mustasno
  2. Mulkdor, yakka tartibda, istiqomat qilayotgan (vaqtincha tashrif buyurgan) mamlakatni qonunchiligiga rioya qilish, unga tegishli ETH mulkiy huquqlaridan qonuniy foydalanish, shu jumladan 2.3.2, 6.1, 6.2-bandlarning talablarini bajarmasligi oqibatida kelib chiqadigan ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikni, uning hamyoni ishlatilishi oqibatida va WebMoney Transfer tizimining to’lov vositalaridan foydalanishi oqibatida sodir qilingan noqonuniy xatti-harakatlar uchun to’la javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

4. Saqlovdan qaytarish

  1. ETH mulkiy huquqlarini Mulkdorga qaytarish, Mulkdor tarafidan taqdim qilingan ethereum.org tarmog’ining adreslariga Muhofizning ethereum.org adreslaridan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. ETHni saqlovdan qaytarish, Mulkdor tarafidan adres olingandan so’ng, bir soat ichida, Muhofizning dasturiy ta’minoti tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

5. To’lovlarni amalga oshirish tartibi

  1. Mulkdor ETH mulkiy huquqlarini saqlash xizmatlaridan foydalangani uchun, Muhofizga, Tizimdagi Mulkdorning rekvizitlaridan uchinchi shaxslar rekvizitlariga o’tkazilayotgan ETH mulkiy huquqlarining summasidan 0,8 (o’ndan sakkiz) % miqdorida, shu bilan birga, WMF hisob birligining yuzdan bir qismidan (0,01 WMF) kam bo’lmagan va ellik hisob birligidan (50 WMF) ko’p bo’lmagan komissiyani to’laydi. Ushbu komissiya tarkibida, Muhofiz Shartnomani bajarish uchun qilgan barcha xarajatlari mavjud.

6. Qo’shimcha shartlar

  1. Shartnoma, quyidagi ro’yhatda ko’rsatilgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi (vaqtincha tashrif buyurgan) Mulkdorlar bilan tuzilmaydi: Suriya, Iroq, Afg’oniston, Bangladesh, Boliviya, Ekvador, Makedoniya Respublikasi, Saudiya Arabistoni. Ta’qiqlangan davlatlar va shaxslar ro’yxati, Muhofiz tarafidan istalgan vaqtda, bir tomonlama tartibda o’zgartirilishi mumkin.
  2. Agar, Mulkdor Shartnomaning 6.1-bandida ko’rsatilgan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan (vaqtincha tashrif buyurgan) bo’lsa, ushbu Shartnoma bo’yicha xizmatlar ko’rsatilmaydi va ETH o’tkazish bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilmaydi, ETH mulkiy huquqlarini Muhofizdan bevosita olish bilan bog’liq operatsiyalar bundan mustasno.
  3. Internet tarmog’idagi Tizim serverlarida joylashtirilgan shartnoma kelishilgan shartlarga asosan qabul qilingandan so’ng, ushbu Shartnoma elektron shaklda tuzilgan deb hisoblanadi va Tizim ETH mulkiy huquqlarini saqlash uchun qabul qilib olganini tasdiqlagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
  4. Mulkdor tashabbusi bilan, o’ziga tegishli F turidagi Hamyonini o’chirib tashlagan paytdan boshlab, ushbu Shartnoma o’z kuchini yo’qotdi deb hisoblanadi va tugatiladi. Yuqoridagi Hamyonda nolga teng bo’lmagan qoldiq bo’lsa, Shartnomani bekor qilinish imkoniyati yo’q.
  5. Tomonlar, WebMoney Transfer tizimi (vositalari) yordamida tuzilgan elektron shakldagi hujjatlarni (saqlash shartnomasi, topshirish va qabul qilish aktlari, oldi-sotdi shartnomalari, to’lov talabnomalari, hisob raqam qaydnomalari) huquqiy jihatdan oddiy yozma (bosma) shaklidagi hujjatlarga teng (ekvivalent) deb tan oladilar.
  6. Mulkdor identifikatsiya vositalarini, uning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni, rekvizitlarni, Shartnomani imzolangan nusxalarini taqdim etganidan so’ng, Muhofiz, Mulkdor talabiga binoan u bilan qo’gozda, yozma shakldadi Sharntomani tuzishga majbur.

ООО "Moneton"

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli, 32A